Bankning 2018-2020 yillarda qisqa muddatli strategik maqsadi – aktivlarni 2 barobardan ziyod, umumiy kapitalni esa 4 barobar ziyod oshirish
Bank strategik maqsadlarga to‘liq erishish uchun bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni ta’minlaydi:
- Bank bozor mavqeyining ijobiy dinamikasini ta’minlash va uning quyidagi mavqeyini mustahkamlash:
- faoliyat miqyosi bo‘yicha o‘rtacha bank orasida yetakchi mavqeyini egallash;
- faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sardorlik mavqeyini egallash.
- Bankning aksiyadorlar kapitaliga aksiyadorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va ustav kapitali miqdorini 100,0 mlrd. so‘m gacha yetkazish;
- Bank mijozlari uchun elektron to‘lovlar va elektron hisob-kitob qilish tizimlarining rivojlanishida xorij bozorlari yetakchilarining strategiyalarga tayanish yo‘li bilan innovatsion-texnologik rivojlanishiga erishish;
- Xizmatlar sifati darajasiga nisbatan harajatlarni kamaytirish strategiyasini oqilona qo‘llash;
- Fondlash tarkibini va resurslarga boy mijozlarni jalb qilishni kengaytirish hisobiga resurslar bazasini ko‘paytirish;
- Xodimlar bilan ishlash usullarini yanada takomillashtirish – jamoada ishlash, korporativ madaniyat, motivatsiya, o‘rta boshqaruv bo‘g‘inni o‘qitish;
- Zamonaviy marketing usullari va PR ni joriy etish va rivojlanishi – bankning nufuzini, omma bilan aloqa qilish tizimini, bankning strategik maqsadlariga muvofiq marketing strategiyalarini shakllantirish.
«RAVNAQ-BANK» Bankning 2018-2022 yillarda qisqa muddatli strategik maqsadi - 2022
Hajmi: 1.88 МБ
Format: pdf