Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ravnaq-bank va Visa o‘z kartalari egalari o‘rtasida Samsung qurilmalari sovrinli o‘yinini o‘tkazadi.

Yangilangan sana:  5 Aprel 2023, 16:06


1-apreldan 30-iyunga qadar Ravnaq-bank Visa bilan hamkorlikda aksiyani o‘tkazadi, unda 3 interval davomida savdo va toʻlov operatsiyalarini amalga oshirgan Visa kartalari egalari oʻrtasida Samsung sovrinlari oʻynaladi.


Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun:

1. Ravnaq-bank’ning Visa kartasi egasi boʻlishingiz kerak. (Agar sizda Ravnaq-bank’ning Visa kartasi boʻlmasa, Visa Classic Pay Wave kartasiga RBK-Mobile ilovamiz orqali buyurtma berishingiz mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud).

2. Ko‘rsatilgan muddatda 30 AQSh dollari va undan ortiq savdo hamda to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish.


 Aksiya amalga oshirilgan savdo va toʻlov operatsiyalari boʻyicha 3 intervalda oʻtkaziladi.

· 1-interval – 1-apreldan (00:00) 30-aprelgacha (23:59)

· 2-interval – 1-maydan (00:00) 31-maygacha (23:59)

· 3-interval – 1-iyundan (00:00) 30-iyungacha (23:59)


Bir martalik sarf-xarajat miqdoriga muvofiq karta egasi quyidagi sovrinli oʻyinlardan birining ishtirokchisiga aylanadi. Demak, sarflangan summa:

· 30 AQSh dollaridan 49,99 AQSh dollarigacha— Samsung Galaxy Buds 2;

· 50 AQSh dollaridan 99,99 AQSh dollarigacha—Samsung Watch 5;

· 100 AQSh dollaridan 149,99 AQSh dollarigacha— MI Essential elektr-skuter

· 150 AQSh dollari va undan yuqori – Samsung Galaxy S23


 Kartadan 150 AQSh dollari va undan ortiq miqdorda bir martalik mablag‘ sarflagan holda, karta egasi barcha to'rt toifadagi sovrinlar o‘yinida ishtirok etadi.

*Aksiyada faqat “Ravnaq-bank” AJ brendi kartalari ishtirok etadi. Visa Payme, Beeline, Qiwi va Humans kobrend kartalari aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

Sovrinlar oʻyini har bir interval tugagandan so‘ng oʻtkaziladi. Gʻoliblar random.org tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlanadi. Sovrinlar o‘yinining butun jarayoni bankning Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda namoyish etiladi.

Aksiyada 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin, “Ravnaq-bank” AJ xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari bundan mustasno.

Visa Classic Pay Wave kartasiga RBK-Mobile mobil ilovasi orqali buyurtma berishingiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud va kartomatda 24/7 rejimida 2 daqiqada rasmiylashtirishingiz mumkin.

- RBK-Mobile mobil ilovasi orqali kartaga buyurtma berish boʻyicha qoʻllanma

- Kartani kartomatda chiqarish boʻyicha qoʻllanma

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamga bogʻlanishingiz mumkin:(+998) 71−202−33−33.

iOS va Android uchun RBK-Mobile ilovasini yuklab olish.

Sayt:ravnaqbank.uz
Telegram:t.me/ravnaqbank
Facebook:fb.com/ravnaqbank
Instagram:@ravnaqbank_uzb

Asosiysi - Visa Classic Pay Wave kartasiga buyurtma bering va biz uni uyingizga yetkazib beramiz yoki kartomat orqali chiqaring.

Siz kartani RBK-Mobile dasturida buyurtma qilishingiz mumkin. Kartani rasmiylashtirish



Aksiya Qonun-qoidalari
Yuklab olish
Hajmi: 622.05 KB

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
12697.00
13547.70
15836.97
135.05
13966.56
82.23
Sotib olish
12 640
13 300
14 800
128
10 000
50
Sotish
12 710
13 700
16 500
141
15 500
120
 
2.04
38.99
11.43
0.39
37.48
0.12
MB kursi - 19.04.2024 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 19.04.2024 09:00 dan ma’lumotlar
Sotish
Sotib olish
MB kursi

Octo-Mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech