Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Banklarning rahbar xodimlari mijozga yo'naltirilgan “mahallabay” ishlash tizimi bo'yicha o'qitilmoqda

Yangilangan sana:  13 Yanvar 2021, 14:26
13 Jan 2021

Bugun Markaziy bankda “Tijorat banklarining mijozga yo'naltirilgan siyosati va “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish yo'nalishlari” mavzusida seminar-trening boshlandi.

Unda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklarining viloyatlardagi filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Mazkur seminar-trening dasturi Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bank tizimi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta'minlash va joylarda mijozbay ishlash tizimini joriy etish maqsadlariga qaratildi.

Ushbu dastur asosida birinchi bosqichda yanvar oyida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari hamda tijorat banklarining mas'ul xodimlari va hududiy (viloyat) filiallarining 181 nafar rahbar xodimlari uch guruhga bo'lingan holda o'qitilmoqda.

Ikkinchi bosqichda Markaziy bank va tijorat banklari raislari o'rinbosarlaridan tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan fevral oyida viloyatlarga chiqqan holda har bir tuman va shahardagi tijorat banklari filiallari rahbarlari va mahallalarga biriktirilgan mas'ul bank xodimlari “mahallabay” ishlash tartibi va tamoyillariga o'rgatiladi.

Seminar-trening interfaol shaklda tashkil etilib, unda asosiy e'tibor:

  • “mahallabay” ishlash tizimini joriy etishning mazmun-mohiyati va ko'zlangan maqsadlari;

  • mahallalarning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda mavjud imkoniyatlar (bo'sh turgan binolar, foydalanilmayotgan er maydonlari), mahalladagi tadbirkorlar faoliyatining joriy holati, mahalla xonadonlarining ixtisoslashuvini o'rganish va mahallaning tadbirkorlik salohiyatini oshirish reja-grafigini ishlab chiqish;

  • ishsiz mahalla aholisini ularning kasb ko'nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasb o'rgatuvchi kurslarga yo'naltirish va tadbirkorlik sub'ektlariga ishga joylashtirish;

  • mahalladagi xonadonlarning er uchastkalaridan foydalanish darajasi, oilalarning daromad manbalari, daromadli mehnat bilan shug'ullanishga bo'lgan qiziqishlarini xonadonbay o'rganish va kreditga bo'lgan ehtiyojlarini yo'nalishlar bo'yicha shakllantirish;

  • mahallalarda mavjud tadbirkorlarning muammolarini echishga hamda iqtisodiy o'sishning drayver sohalarida yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko'mak berish;

  • tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan fuqarolarga biznes loyihalarni tayyorlashda konsultativ ko'mak berish va uni amalga oshirish jarayonlarini doimiy monitoring qilib borish;

  • oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlar samaradorligini oshirish bo'yicha zarur choralar ko'rish;

  • tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagidagi fuqarolarni biznes asoslariga o'qitish tizimini tashkil etish va ularni tadbirkorlikka yo'naltirish;

  • xizmat turlari bo'yicha mas'ul etib biriktirilgan tijorat banklari bilan birgalikda mahallalarda servis sohasini rivojlantirish va uning yangi turlarini ko'paytirish bo'yicha tegishli loyiha takliflarini tayyorlash;

  • mahallalarda tadbirkorlar loyihalariga kreditlar ajratishda Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasining moliyaviy xizmatlaridan keng foydalanishga ko'maklashish;

  • bank kreditlari hisobiga ishga tushirilgan va bugungi kunda past quvvatlarda ishlayotgan korxonalar bo'yicha sabablarni aniqlab, ularning to'liq quvvatda ishlashiga amaliy yordam ko'rsatish;

  • aholining bank xizmatlaridan foydalanish darajasini “mahallabay” qamrab olish va zarur bank xizmatlarini kengaytirish usullarini o'rgatishga qaratilmoqda.

Seminar-trening 5 kun davom etib, unda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari ma'ruza va taqdimotlari bilan qatnashadilar.

Trening davomida, shuningdek, tijorat banklari rahbarlari o'z tajribalari bilan o'rtoqlashmoqda. Seminarning oxirgi ish kunida faoliyati namunaviy yo'lga qo'yilgan uchta tijorat banki bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.

Manba: ko‘rsatilmagan / Ko‘rishlar: 1818

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
12600.14
13642.17
15908.94
135.92
13918.19
83.24
Sotib olish
12 540
13 400
15 000
120
10 000
50
Sotish
12 620
13 850
16 500
140
15 500
120
 
10.14
-23.02
-23.71
-0.05
-47.42
0.01
MB kursi - 28.03.2024 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 28.03.2024 11:15 dan ma’lumotlar
Sotish
Sotib olish
MB kursi

Octo-Mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech