Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

☝️ Kartalaringizni firibgarlardan himoya qilish boʻyicha tavsiyalarimiz

Yangilangan sana:  2 Avgust 2022, 10:15
☝️ Kartalaringizni firibgarlardan himoya qilish boʻyicha tavsiyalarimiz
2 Aug 2022
1️⃣ Hech qachon, hech qanday holatda, PIN va CVV kodingizni birovga ayta koʻrmang. Agar sizdan kimdir ushbu ma’lumotlarni soʻrasa, biling - u firibgar!

• Bank telefon qoʻngʻirogʻi yoki SMS orqali PIN va CVV kodini aytishingizni soʻramaydi.
• Bank sizga yuborayotgan SMS-xabarda qaytaruvchi telefon raqami boʻlmaydi, faqat identifikator, ya’ni joʻnatuvchi bank nomi sifatida ko‘rsatilishini yodda saqlang.

2️⃣ Sizga tanlov va aksiyalarda ishtirok etishni taklif qilishsa, shaxsiy ma’lumotlaringiz yoki pul soʻrashsa - demak, yana firibgarlar.

• Rasmiy veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni tekshiring.
• Haqiqiy tanlov va aksiyalarda sizdan hech kim pul berishingizni talab qilmaydi.

3️⃣ 3D-Secure bilan kartaning toʻliq himoyasi

• 3D-Secure xavfsiz to‘lov texnologiyasi do‘konlar va banklarga xarid uchun to‘lovni karta egasi amalga oshirayotganligiga yana bir bor ishonch hosil qilishda yordam beradi. RBK-Mobile ilovasida, karta sozlamalarida 3D-Secure funksiyasini yoqishingiz mumkin.

4️⃣ Asosiy kartadan tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirmaslik uchun onlayn xaridlarga moʻljallangam alohida virtual karta oching.

5️⃣ Kontaktsiz toʻlov xizmatini yoqing*. Toʻlashning eng xavfsiz usuli - smartfon bilan toʻlash. To‘lovni amalga oshirishda PIN-kod shart emas, RBK-Mobile ilovasi va smartfoningiz boʻlsa bas.

(*RBK-Mobile ilovasida kontaktsiz toʻlov faqat Android foydalanuvchilari uchun mavjud).
Manba: ko‘rsatilmagan / Ko‘rishlar: 1036

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
12689.97
13557.96
15771.09
137.20
13879.44
81.90
Sotib olish
12 630
13 300
14 800
110
10 000
50
Sotish
12 700
13 700
16 500
141
15 500
120
 
-15.03
14.43
66.44
1.09
-53.01
-0.16
MB kursi - 25.04.2024 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 25.04.2024 09:00 dan ma’lumotlar
Sotish
Sotib olish
MB kursi

Octo-Mobile

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun mobil ilova.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech