Kassa-hisobot xizmati

Hisob-kitob-kassa xizmatlari

 

«Ravnaq-bank» XATB barcha mijozlarining hisob-kitob operatsiyalarini yuqori darajadagi ishonchlilik va maksimal qulaylikka asoslangan holda tezkor va sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydi.


Biz tashkilot va xususiy tadbirkorlarga keng miqiyosdagi bank xizmatlarini taklif etamiz:
 

• Asosiy, ikkilamchi va maxsus hisobvaraqlarni ochish va yuritish;

• Ustav fondini shakllantirish uchun vaqtinchalik jamg'arma hisobvaraqlar ochish va davlat ruyxatidan o'tganlik to'g'risidagi guvohnomani olish uchun ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi ma'lumotnomalar berish;

• Hisobvaraqlar bo'yicha to'lovlarni tezkor amalga oshirish, shu jumladan «e-Banking» tizimi orqali hisobvaraqlarni masofadan boshqarish;

• Mijozlarning so'rovlariga asosan ma'lumotnomalar va yozma javoblar taqdim etish;

• Naqd pullarni qabul qilish, qayta sanash va berish;

• Naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish;

• Axborot va konsultativ xizmatlarni ko'rsatish.

 

«Ravnaq-bank» XATB da hisobvaraq ochish uchun o'rnatilgan shakldagi shartnoma va arizalarni to'ldirishingiz (xujjatlar shakllari ilova qilinadi-ko'chirish) hamda xujjatlar standart yig'imini(ruyxat ilova qilinadi-ko'chirish) taqdim etishingiz lozim. Bizning tariflar yuqori talabchan mijozlar uchun ham jozibador bo'lishi muqarrar. Har bir o'tkazilgan to'lov xujjati uchun bank komissiyasi qat'iy belgilangan, debet aylanmasi uchun komission haq undirilmaydi. Bank tariflari bo'yicha to'liq ma'lumotlarni Bankka murojaat qilish orqali yoki ko'chirishingiz mumkin. Biz Sizning naqd pulga bo'lgan talabingizni, xodimlarning ish haqi bo'ladimi, dividend bo'ladimi, qisqa muddatlarda to'liq qondirishga tayyormiz, resurs bazamiz esa Sizga foydali bo'lgan foiz stavkalarida kreditlar va boshqa samarali moliyalash vositalarini taklif etish imkonini beradi.