Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta amaliyotlari

«Ravnaq-bank» xususiy aktsiyadorlik tijorat banki O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2015 yil 26 dekabrda berilgan 81-sonli Bosh litsenziyaga asosan, o'z mijozlariga xorijiy valyutadagi hisobvaraqlar bo'yicha xizmat ko'rsatish, xorijiy valyutadagi o'tkazmalarni amalga oshirish, konversiya amaliyotlari, xorijiy valyutada hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko'rsatish kabi keng doiradagi xizmatlarni taklif etadi.

 

«Ravnaq-bank» XATB tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslarga (korporativ mijozlarga) quyidagi xizmat turlari ko'rsatiladi:

 

Xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish va ularga xizmat ko'rsatish:

 • Mijozning xorijiy valyutadagi mablag'larini O'zbekiston Respublikasi hududida o'tkazish;

• Mijozning xorijiy valyutadagi mablag'larini O'zbekiston Respublikasi tashqarisiga o'tkazish.

• Naqd xorijiy valyuta bilan amaliyotlar.

• O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy me'yorlari talablari doirasida mijozlarga xorijiy valyutadagi amaliyotlar bo'yicha konsultatsiyalar berish.

 

Tashqi savdo faoliyati bilan bog'liq bo'lgan amaliyotlar:

• Eksport-import amaliyotlari monitoringi;

• O'zbekistonning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida xorijiy valyutani sotib olish va sotish amaliyotlari;

• SVOP amaliyotlari;

• SPOT amaliyotlari;

• Imzolangan eksport kontraktlari bo'yicha valyuta tushumini majburiy sotish ustidan nazorat.

 

Xalqaro vakillik munosabatlari:

• Hozirda «Ravnaq-bank» xususiy aktsiyadorlik tijorat banki O'zbekistonning etakchi banklari bilan mustahkam vakillik munosabatlarini o'rnatmoqda. Xorijiy valyutadagi tranzaktsiyalarni tezkor amalga oshirish maqsadida bank tomonidan SWIFT to'lov tizimi o'rnatilgan