Biznes uchun plastik kartalar
Biznes uchun plastik kartalar
Hozirgi kunda plastik kartalar – bu, zamonaviy to'lov tizimi bo'lib, cheklanmagan miqdordagi mablag'larni olib yurish va saqlash uchun o'ta qulay vositadir. «Ravnaq-bank» xususiy aktsiyadorlik tijorat banki yuridik va jismoniy shaxslar uchun Smart-Vista (Uzkart On-line) to'lov tizimlariga tegishli plastik kartalarni muomalaga chiqaradi va ular bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi.
Bank tomonidan muomalaga chiqarilayotgan kartalarning mijozlar uchun qulayliklari:
- hisob kitoblarning tezkorligi va ishonchliligi;
- to'lovlarni amalga oshirishning qulay va xavfsiz vositasi;
- pul mablag'larini yo'qotish xavfini qisqartirish.
Plastik kartalarning afzalliklari va ular bo'yicha xizmatlar:
- to'lovlarni O'zbekiston Respublikasining istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyati;
- mijoz talabiga asosan karta va/yoki karta hisobvarag'i bo'yicha ko'chirmalarni berish;
- karta yo'qolganda yoki ishdan chiqqanda tezkor yangi kartani berish;
- SMS-axborot taqdim etish tizimi;
Hozirgi kunda Uzkart On-line plastik kartalarini chiqarishda Bank faqat “so'm” milliy valyutasida bank kartalari hisobvaraqlari ochadi. To'laroq ma'lumotlarni olish uchun 202-00-60 telefon raqamiga murojaat qilishingiz yoki saytning bosh sahifasidagi “aloqalar” bo'limidan foydalanishingiz mumkin.