Kreditlar

«Ravnaq-bank» XATB O'zbekiston Respublikasi rezidentlari – yuridik shaxslarga va xususiy tadbirkorlarga kredit mahsulotlarining turli shakllarini taklif etadi:

Milliy valyutada kreditlash, shu jumladan yangilab boriluvchi kredit liniyalari ochish yo'li bilan;

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;

Lizing operatsiyalari;

Faktoring;

Bank kafolatlarini berish.

 

Kreditlarni ajratish qaytarishlik, to'lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik tamoillari asosida amalga oshiriladi.

 

 

Kreditlar qisqa muddatli (1 yil muddatgacha) va uzoq muddatli ( 1 yildan ortiq muddatga) kreditlarga bo'linadi.

Qisqa muddatli kreditlar aylanma mablag'larni to'ldirishga beriladi, jumladan:

• xom ashyo va materiallar xarid qilishga;

• sotish uchun tovarlar sotib olishga;

• TMB larning mavsumiy va boshqa vaqtinchalik zaxirasini shakllantirishga;

• mahsulot tayyorlash va ishlab chiqarish bilan bog'liq mavsumiy xarajatlarga;

• mahsulot etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga, hisob-kitoblar bilan bog'liq boshqa talablarni qoplash uchun.

 

Chakana savdo korxonalariga aylanma mablag'larini, shu jumladan yuqorilikvidli tovarlar bilan, to'ldirish uchun qisqa muddatli kreditlar 1 yil muddatga, Qarzdorning kredit mablag'ini har 3(uch) oyda qaytarish majburiyati bilan ajratiladi.

 

 

Uzoq muddatli kreditlar quyidagi maqsadlarga beriladi:

• asosiy vositalarni xarid qilishga;

• ishlab chiqarishni yangilash(modernizatsiya qilish)ga;

• ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga;

• biznesni kengaytirishga.

 

Avtokreditlar:

Kreditlar:

• yuridik shaxslarga va xususiy tadbirkorlarga avtotransport vositasini birlamchi yoki ikkilamchi bozordan xarid qilishga;

• jismoniy shaxslarga O'zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotrnasport vositalarini birlamchi yoki ikkilamchi bozordan xarid qilishga.

 

 

Foiz stavkalari:

• 1 yilgacha mudatga qisqa muddatli kreditlar - 19% yillik;

• 3 yilgacha muddatga uzoq muddatli kreditlar - 22% yillik.

 

Kredit kamida 125% miqdorida ta'minotga ega bo'lishi lozim. Ta'minot sifatida quyidagilar taqdim etilishi mumkin:

• Pul mablag'lari garovi;

• Transport vositalari, ko'chmas mulk va boshqa mulklar garovi;

• Sug'urta polisi;

• Uchinchi shaxs kafilligi.

Agar kredit miqdori Siz xarid qilayotgan avtoransport vositasi narxining 80% dan oshmasa, ta'minot sifatida faqat xarid qilinayotgan avtotransport vositasining o'zi qabul qilinishi mumkin.

 

10 000 000
Kredit summasi (so`m)
12
oy Vaqt oralig`i
18
% Yillik foiz stavkasi

Har oyda to`lanadigan o`rtacha to`lov:

916 800

so`m

Vaqt oralig`ida to`lanadigan to`lov:

11 001 599

so`m