Savol-javoblar

  • Depozit(omonat) operatsiyalari nima?

  • Ответ

    Javob: Depozit (omonat) operatsiyalari – qonunchilikda o'rnatilgan tartibda hamda omonatchi va bank o'rtasida tuzilgan bank depoziti (omonati) shartnomasiga asosan amalga oshiriladigan, pul mablag'larini ma'lum bir muddatga jalb qilish, saqlash, qaytarish, foiz hisoblash hamda omonatchining topshirig'iga asosan boshqa hisobvaraqlarga o'tkazishni o'z ichiga oladigan operatsiyadir.

  • Omonat daftarchasi nima?

  • Ответ

    Javob: Omonat daftarchasi omonatchiga omonat bo'yicha bank tomonidan operatsiyalar o'tkazilganlgini yozma ravishda tasdiqlovchi va omonat bo'yicha bank tomonidan olingan majburiyatni kafolatlovchi xujjat hisoblanadi.

  • Plastik kartalar emissiyasi qanday amalga oshiriladi va ular kimlarga mo'ljallangan?

  • Ответ

    Javob: O'zbekiston Respublikasi hududida plastik kartalar emissiyasi rezident-banklar tomonidan, tegishli to'lov korxonasi tomonidan o'rnatilgan qoida va standartlar asosida amalga oshiriladi. Plastik kartalar jismoniy va yuridik shaxslarga hamda yakka tadbirkorlarga mo'ljallangan bo'ladi.

  • Jismoniy shaxslar uchun Bankingiz tomonidan qanday kredit turlari ajratiladi?

  • Ответ

    Javob: Bank omonidan jismoniy shaxslar uchun quyidagi kredit turlari ajratiladi: Uy uchun maishiy jixozlar: O'zbekistonda ishlab chiqarilgan radioelektr uskunalari, orgtexnika jixozlari, maishiy texnika jixozlari, mebel, interer jixozlari va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan mahsulotlar sotib olish uchun; qurilish materiallariga va uy-joylarni ta'mirlash bilan bog'liq ishlarga; uy-joy sotib olish, uni rekonstruktsiya qilishga; turizm, davolanish va boshqa xizmatlarga; tadbirlar va marosimlar o'tkazishga; zargarlik buyumlari xarid qilishga; va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlarga.

  • Kreditlar naqd pulda beriladimi?

  • Ответ

    Javob: Kreditlarni naqd pulda berishga yo'l qo'yilmaydi. Kredit qarzdorga ochilgan ssuda hisobvarag'i orqali, xarid qilinayotgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun ishlab chiqaruvi yoki mahsulotni sotuvchi korxona hisobvarag'iga naqdsiz pul o'tkazish yo'li bilan beriladi.

  • PIN-kod nima?

  • Ответ

    Javob: PIN-kod – bu, bank kartasi egasining shaxsiy identifikatsiyalovchi raqami bo'lib, kartadagi pul mablag'laridan foydalanish huquqini beruvchi hamda karta egasi tomonidan mablag'lardan foydalanishga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi raqam. Pin-kod to'g'risidagi ma'lumot mahfiy hisoblanib, uni boshqalarga e'lon qilish (bildirish) tavsiya etilmaydi. PIN-kodni xizmat ko'rsatuvchi bankda, bankomat, terminal yoki infokiosklar yordamida o'zgartirish mumkin.

  • Milliy valyuta “so'm”dagi bank kartalari nima uchun va qanday tartibda ishlatiladi?

  • Ответ

    Javob: Plastik karta xarid qilingan tovar yoki ko'rsatilagn xizmatlar uchun naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirish uchun zamonaviy qulay va ishonchli vositadir. «Ravnaq-bank» XATB tomonidan muomalaga chiqarilayotgan so'm plastik kartalari - O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan “so'm” milliy valyutasidagi bank plastik kartalaridir.

  • Bankingiz tomonidan qanday turdagi kreditlar ajratiladi?

  • Ответ

    Javob: Bank tomonidan quyidagi kredit turlari taqdim etiladi: Asosiy vositalar: ko'chmas mulk, mashinalar, uskunalar, inventar va boshqalar sotib olishga; xom-ashyo va materiallar sotib olishga; aylanma mablag'larni to'ldirishga, shu jumladan chakana savdo korxonalari uchun; lizing; faktoring; bank kafolati; mikrokretitlar; va boshqa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan kredit turlari.

  • Kredit olish uchun qanday xujjatlar talab etiladi?

  • Ответ

    Javob: Kredit olish uchun Bankka quyidagi xujjatlar taqdim etiladi: kredit arizasi; ta'sis xujjatlari, ularga kiritilgan o'zgartirishlar bilan; qarz oluvchining hisobvarag'iga kelib tushadigan pul oqimlari prognozi ko'rsatilgan biznes-reja; Qarzdorning moliyaviy hisobotlari (1,2 va 2a –shakllar); Ta'minot bo'yicha xujjatlar.

  • Xususiy tadbirkor sifatida yuridik shaxslar uchun kredit olishim mumkinmi?

  • Ответ

    Javob: Ha Siz Bankimizda kredit olishingiz mumkin, aniq ma'lumot olish uchun Bankimiz kredit Departamenti bilan “aloqalar” bo'limi orqali yoki bosh sahifadagi ko'rsatilgan telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

  • Men kredit ta'minotiga o'zimga tegishli bo'lgan bir xonali turar joy kvartiaramni taqdim qilmoqchiman, bu mumkinmi?

  • Ответ

    Javob: Ha, mumkin, agar ushbu kvartirada hech kim ro'yxatdan o'tmagan bo'lsagina.

  • 24 oy muddatga 2 000 000 so'm miqdorida kredit olmoqchi bo'lgan jismoniy shaxs garov taqdim etishi shartmi?

  • Ответ

    Javob: Ha, har qanday kredit olish uchun kredit miqdorining 125% dan kam bo'lmagan ta'minot taqdim etiliishi lozim.

  • Kelgusi yilda “Zavqli”omonatiga o'xshash, omonatga qo'shimcha mablag' kiritish imkoniyati mavjud bo'lgan muddatli omonat turi ochilishi ko'zda tutilganmi?

  • Ответ

    Javob: Saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring, Bankimiz tmonidan omonat turlari doimiy tarzda o'zgartirilib, yangi turlari ochib boriladi.



Savol berish

* bilan to`ldirilishi majburiy bo`lgan maydonlar belgilangan